Jahon mamlakatlarining bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarida sodir bo‘layotgan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro uyg‘unligi taraqqiyotning asosiy jihatlaridan biri sifatida e’tiborga olinmoqda. Iqtisodiyot rivojlanishining sifat jihatdan taraqqiy etishi uning inklyuziv o‘sishiga erishishidagi muhim omllardan biri hisoblanmoqda.