Auditorlik tashkilotlari uchun bugungi kunda nomoddiy aktivlar boʻyicha operatsiyalarning koʻpgina xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida kam uchrashi moliyaviy hisobotdagi xatolik ulushi yuqori boʻlishi riskini keltirib chiqarmoqda. Bu esa nomoddiy aktivlar hisob obyektlari boʻyicha auditning xalqaro standartlari (AXS)ga muvofiq auditorlik ishchi taomillarini ishlab chiqishni talab etmoqda.