Dunyoda nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumta’lim maktablari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, jumladan: evtagogik yondashuv asosida pedagog kadrlar malakasini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish; akmetexnologiyalar vositasida uzluksiz kasbiy rivojlanish metodologiyasini yaratish; transformatsion sharoitida xususiy sektorning ta’lim xizmatlari sohasidagi pedagogik imkoniyatlarini modellashtirish; marketing texnologiyalari vositasida malaka oshirish sifat menejmenti tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilar professional
malakasini oshirish mexanizmlarini (“development education”, “education training”, “training program”, “coaching program”) takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.