Xizmatlar sohasini tasniflash, toifalash va tarkibini tartiblash, xizmatlarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, YaIMdagi ulushini aniqlash va uning iqtisodiy o‘sishga qo‘shadigan hissasini baholash, xizmatlar sohasining xalqaro savdodagi o‘rnini tadqiq etish, xizmatlar sohasidagi innovatsiyalarni va raqamlashtirish jarayonlarini, ishchi kuchi talabini va ushbu sektordagi bandlik darajasini tahlil qilish, xizmatlar sektorini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati va qonunchilik tashabbuslarining samaradorligini, xalqaro bozorlar bilan integratsiyasi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik darajasini baholash bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.