O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlashda boshqaruv hisobining tarkibida korxonalarda mahsulot tannarxi hisobining metodologik asosini yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilmoqda. Ayni paytda respublikada tannarx hisobining eng zamonaviy usullarini joriy qilish, tannarxni boshqarish, zamonaviy kosting (costing) tizimlarini joriy qilish, tannarxga doir axborotlarni moliyaviy va boshqaruv hisobi maqsadlarida foydalanishning zamonaviy konsepsiyasi, tannarx hisobotining innovatsion formatlarini joriy qilish masalalari tadqiqi dolzarb hisoblanadi.