Jahonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda infratuzilma tizimini kengaytirish va takomillashtirish muammolarining turli jabhalariga qaratilgan ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda. Moliyalashtirish taqchilligi sharoitida infratuzilmani rivojlantirish, zarur infratuzilmani yaratishda davlat va xususiy sektor investisiyalar jalb etish, infratuzilmadan samarali foydalanish darajasini baholash uslubiyotini takomillashtirish, infratuzilma rivojlanishini belgilab beruvchi omillarni aniqlash, ularning kichik biznes va tadbirkorlik sohasi rivojlanishiga ta’sirini baholash, “qattiq” va “yumshoq” infratuzilmalarning ahamiyati hamda rivojlanishining o ‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish muammolari bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor
yo‘nalishlaridan hisoblanadi.