Jahonda kichik innovatsion biznesning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini
e‘tiborga olgan holda uning iqtisodiy salohiyatidan to'la va samarali foydalanish
yo'nalishidagi ilmiy tadqiqotlarga katta e‘tibor qaratilmoqda. Kichik biznes
subyektlarining innovatsion rivojlanish imkoniyatlari, innovatsion shaklda xo'jalik
yuritish tizimi samaradorligiga ta‘sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillarni
aniqlash, kichik innovatsion biznes subyektlarini yuqori malakali kadrlar bilan
ta‘minlash, kichik biznes subyektlari tomonidan innovatsiyalarni o'zlashtirish va
innovatsion texnologiyalarni ayirboshlash muammolari bu boradagi ilmiy
tadqiqotlarning ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi.