Oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu
“Jahon tarixi” o'quv qo'llanmasi jahon tarixining Qadimgi Sharqda ilk
sivilizatsiya o'choqlarining vujudga kelishi davridan boshlab, Yevropada
G‘arbiy Rim imperiyasining qulashigacha bo'lgan davrlami o‘z ichiga oladi.
Mazkur o‘quv qo'llanma jahon tarixshunosligida so'nggi yillarda olib borilgan
tadqiqotlaming umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha
innovatsiyalami o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv
adabiyotlaridan farq qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma bakalavr talabalarga
mo'tjallangan bo'lishiga qaramasdan, undan magistrlar, yosh tadqiqotchilar,
tarixchi-olimlar ham keng foydalanishlari mumkin.