O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush farovonligini
taʼminlashda agrar sektorni rivojlantirishga muhim yo‘nalishlardan biri sifatida
alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining qo‘shimcha
investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji jamiyat rivojlanishining navbatdagi ijtimoiy-
iqtisodiy modeli, yaʼni taraqqiyot strategiyasi doirasida boshqaruvning intensiv va
innovatsion turlariga o‘tish, takror ishlab chiqarishni kengaytirish muammolarini
hal etish bilan ham bog‘liqdir.