Internet marketing
(0 Foydalanuvchilarning sharhlari)
1409
514
978-9943-8335-5-5
Fan bulog'i
2022
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining ishchi o‘quv rejalarida qo’shimcha fan bo‘lib, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2022 yil 28 yanvardagi 6-son majlisida muhokama qilingan, chop etishga va o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya etgan.
Ushbu o’quv qo’llanmaning asosiy maqsadi Internet marketing tushunchasi, an’anaviy marketing bilan Internet marketing tizimidagi o’zaro bog’liqlik, Internet marketingda tovar siyosati, narx siyosati, sotish siyosati va siljitish siyosatini shakllanishi, Internet orqali iste’molchilar ehtiyojini o’rganish, marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan bog’liq jarayonlarni ochib berishdan iborat. Internet xizmatlari, Internetning aloqa xususiyatlari, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish, Internetning marketing muhiti va mahsulotning hayotiy siklini shakllantirishga ta’siri, narxlar bo’yicha marketing strategiyalari va Internetning unga ta’siri, Internetdagi chakana savdo, Internetda reklama qilish, tarmoqdagi reklama vositalari va ulardan foydalanish usullari o’shbu o’quv qo’llanmada keng bayon qilingan. Mazkur o’quv qo’llanma 5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bakalavrlari uchun mo’ljallangan.