Jahonda turizm sohasini rivojlantirishda turistik majmualarning iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda turizm industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar ustuvor darajada amalga oshirilmoqda. Bu borada hududlarda turistik majmualar faoliyatini shakillantirishga ilmiy yondashuvlarni tadqiq qilish va uning tamoyillarini ishlab chiqish, turistik majmualarda iqtisodiy salohiyatni baholash mezon va ko‘rsatkichlarini aniqlash, turistik majmualarni rivojlantirish omillarini alohida yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash, turizm sanoatida turistik majmualar salohiyatidan foydalanish
samaradorligini oshirish, turistik majmualar salohiyatidan foydalanishning sinergetik ta’sirini baholashni takomillashtirish mavzulariga bag‘ishlangan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.