Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, ularning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, boshqaruv va nazorat organlari javobgarligini oshirish, korxonalarni isloh qilish va samaradorligini oshirish boʻyicha bir qator davlat dasturlari qabul qilinib, amaliy harakatlar amalga oshirilmoqda.