Bugungi kunda O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish maqsadida ahamiyatli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2024-yil oktabr oyida O‘zbekistonda chiqindilarni saralash, qayta ishlash va ulardan energiya resurslari, xom-ashyo hamda materiallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etilishi belgilab berildi.