O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida iqtisodiyotdagi keng qamrovli islohotlar qatorida budjet tizimida ham istiqbolli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlat-xususiy sherikchilikdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining, xususiy maktablarning tashkil etilishi, oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi, xususiy tibbiyot muassasalarining faoliyatiga ruxsat etilishi singari islohotlar budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lar ishlab topilishi hisobi va ichki auditini tadqiq etish masalalariga e’tibor qaratilishini taqozo etmoqda