Mualliflar buxgalteriya hisobini uyg‘unlashtirish va xalqaro standartlashtirishning
zarurligi va shart-sharoitlari, O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini isloh
qilishning zarurligi va maqsadlari, asosiy tamoyillarini, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rolini batafsil bayon etgan va tahlil qilganlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari, pul
mablag‘lari va hisob-kitoblar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, investitsiyalar,
materiallar, mehnat va unga haq to‘lash, xarajatlar, mahsulot, tovar (ish, xizmat)lar va ularni sotish, kapital, fondlar va moliyaviy natijalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi, moliyaviy hisobot, boshqaruv hisobini tashkil etish, byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish etarli darajada bayon etilgan.
Darslikdagi barcha materiallar yangi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, jumladan, buxgalteriya
hisobining milliy va xalqaro standartlari asosida yoritilgan.