Jahonda keyingi yillarda kechayotgan global o„zgarishlarni e'tiborga olgan
holda mamlakatni barqaror iqtisodiy o„sishini ta‟minlash, aholi turmush sifatini
oshirish, aholi daromadlarini ortishiga erishish, kambag„allikni qisqartirishga
qaratilgan keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada
iqtisodiy o„sish va aholi turmush sifatini oshirishga ta‟sir etuvchi omillarni
baholash, barqaror iqtisodiy o„sishning yangi sifatiga erishish orqali aholi turmush
sifatini oshirish, aholi daromadini oshirish, kambag„allikni qisqartirish kabi
yo„nalishlardagi tadqiqotlar ustuvor yo„nalishlardan hisoblanmoqda.