Jahonda keyingi yillarda kechayotgan global o‘zgarishlarni e'tiborga olgan holda mamlakatni barqaror iqtisodiy o ‘sishini ta'minlash, aholi turmush sifatini oshirish, aholi daromadlarini ortishiga erishish, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada iqtisodiy o ‘sish va aholi turmush sifatini oshirishga ta'sir etuvchi omillarni baholash, barqaror iqtisodiy o‘sishning yangi sifatiga erishish orqali aholi turmush sifatini oshirish, aholi daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish kabi yo‘nalishlardagi tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanmoqda.