Jahon mamlakatlari tajribasiga koʻra, milliy iqtisodiyotning barqaror oʻsishini ta’minlashda davlat budjeti muhim oʻrin egallaydi. Budjet orqali davlat iqtisodiyotning ustuvor sohalarini moliyalashtiradi, infratuzilmani rivojlantiradi va ijtimoiy dasturlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Davlatning fiskal siyosati orqali iqtisodiy muvozanat saqlanadi, inflyatsiya nazorat qilinadi hamda investitsion muhit yaxshilanadi.