Mazkur monografiya, nafaqat musulmon Sharqi falsafasida, balki jahon
falsafasida o‘zining betakror merosi bilan salmoqli o‘rin tutgan ulug‘
mutafakkir, yirik olim, o‘zbek mumtoz tili va adabiyotining asoschisi,
she'riyat mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi - Amir Alisher
Nizomiddin Navoiy falsafiy merosi aniqrog‘i uning borliq falsafasiga oid
qarashlari mazmun-mohiyati tahliliga bag‘ishlangan.