Jahonning rivojlangan mamlakatlarida korporativ madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Korporativ madaniyatdagi ijobiy yo‘nalishlarni takomillashtirish, har bir tadbirkorlik subyektining boshqaruv ko‘nikmalarini yaxshilashga va shu orqali, hatto o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlarida ham korxonaning samaradorligini oshirish imkonini beradi.