Ushbu qoʻllanmada 4K rubrikalari orqali oʻquvchilarni baholashda eʼtibor qaratish za
rur boʻlgan jihatlar ochib beriladi. 4K rubrikalaridan foydalanishning ahamiyatli taraflari
hamda oʻquvchini maʼlum vaqt kuzatish natijasida toʻplangan maʼlumotlardan uning mu
vaffaqiyatga erishishi uchun yoʻl koʻrsatish, tahlil qilish orqali esa manfaatdor tomon lar bi
lan qayta aloqa mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi. Formativ baholashda dunyo
hamjamiyatida ommalashgan 4K rubrikalarini solishtirish va tahlil qilish orqali maktab taʼ
limi auditoriyasiga foydali maʼlumotlarni yetkazish maqsad qilingan.
Hozirgi vaqtda maktab taʼlimida summativ va formativ baholash tizimi joriy qilina
yotgan bir vaqtda dunyo hamjamiyati tajribasiga asoslangan umumiy oʻrta taʼlim oʻqituvchi
xodimlariga bu baholashlarni bir-biridan ajratgan holda baholash tizimi haqida tavsiyalar va
maslahatlar berish reja qilingan. Formativ baholash orqali oʻquvchining rivojlanib bori shi ni
kuzatish imkonini beruvchi 4K rubrikalarining oʻrni haqida maʼlumot berib oʻtiladi. Mazkur
rubrikalarni tayyorlashda ilmiyommabop rubrikalar va tadqiqotlarga murojaat qilindi, shu
ningdek ularga mos tavsiyaviy topshiriqlar ishlab chiqishda ham 4Kni qamrab oluvchi xalqa
ro tadqiqotlar va boshqa tadqiqot institutlarining tavsiyaviy topshiriqlaridan andoza olindi.