Кorxona faoliyati axborot tizimi barqarorligini modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish

(0 Foydalanuvchilarning sharhlari)   5   2
Abidov A.A. TDIU 2024
Jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan milliy iqtisodiyot hamda, tegishli ravishda, tarmoqlar va korxonalar raqobatbardoshligining ahamiyati ortib, bunda muhim omillardan biri sifatida xo'jalik yuritish va boshqaruv faoliyati axborot tizimi barqarorligiga bo'lgan ehtiyoj kuchayib bormoqda. Jahon miqyosida noaniqlik muhitida korxonalarni beqaror ishlash statistikasiga e‘tibor berilsa, texnologiyalardagi xatolar AQSH iqtisodiyotga yiliga 59,5 milliard dollar ziyon keltiradi. Jumladan, Fors ko'rfazi urushi paytida Patriot raketa tizimidagi dasturiy xatolar AQSH mudofaa sanoati ham ma‘lum muddat kuchsiz qolishiga sabab bo'ldi. 2019-yilda Facebook, Instagram va WhatsApp shunday muammo tufayli bir necha soatga o'chgan va butun dunyo bo'ylab millionlab foydalanuvchilar aloqasini uzilishiga olib kelgan. Federal Aviatsiya ma‘muriyati (FAA) ma‘lumotiga ko'ra, 2001-yildan 2010-yilgacha havo harakatini boshqarish tizimlarida texnologiyalar xatosi bilan bog'liq 252 ta holat qayd etilgan"1. Bunday muammolar kelib chiqishining oldini olishda korxonalar faoliyati axborot tizimi barqarorligini ta‘minlash talab etiladi.

Ushbu elektron kitob uchun sharhlar yo'q.

0
0 dan (0 Foydalanuvchilarning sharhlari )

Sharh qo'shing

Kitobni 5 ball uchun baholang *

Tegishli elektron kitoblar