Dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va muassasalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Yengil sanoatga ixtisoslashgan kichik biznes sub’yektlari faoliyati barqarorligini ta’minlovchi omillar hamda iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tizimlarni aniqlash, texnik-texnologik, mehnat munosabatlari salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiyotning tarkibiy deformasiyasi, korxonalar innovasion faolligi, jamiyatdagi mulkiy tabaqalanish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash kabi jarayonlarni tartibga solishning iqtisodiy xavfsizlikka ta’sirini baholash kabi masalalar bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning
ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.