Aholi statistikasi

(0 Foydalanuvchilarning sharhlari)   3367   1104
B.B. Usmonov. A.D. Abdurahmonov TDIU 2019
Tarixda aholining yashash qonuniyatlari barcha davlat hukumatlarining doimiy e’tiborida bo‘lgan. Keyingi vaqtlarda jamiyatning iqtisodiy hayotida va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirishda demografik omil rolining yanada ortishi bu masalaga bo‘lgan qiziqishni keskin kuchaytirdi. Demografik omil, ahamiyati jihatidan, ijtimoiy rivojlanishning ijtimoiy va iqtisodiy omillar qatorida turuvchi asosiy omillaridan hisoblanadi. Ularni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan turib mustaqil O‘zbekiston va uning ayrim hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni aniq ravishda rejalashtirib bo‘lmaydi. Bu borada maqsadga erishish uchun tabiatni, aholi statistikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar kerak. Ijtimoiy rivojlanish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari: sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning rivoji – aholining o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishni, inson omili rolini kuchaytirishni, aholi turmush darajasini ko‘tarish muammolarini yechishni taqozo qiladi. Shu boisdan ham aholi statistikasining nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu darslik bakalavr, magistr, aspirant, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu elektron kitob uchun sharhlar yo'q.

0
0 dan (0 Foydalanuvchilarning sharhlari )

Sharh qo'shing

Kitobni 5 ball uchun baholang *

Tegishli elektron kitoblar